1

Xorazmda Sanitariya-epidemiologiya markazi bo`linma mudiri pora bilan qo`lga olindi

Jinoyat 23.11.2018, 12:43
Xorazmda Sanitariya-epidemiologiya markazi bo`linma mudiri pora bilan qo`lga olindi

Xorazm viloyati Qo`shko`pir tumanidagi 15-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bo`linmasi tomonidan sanitariya-gigiena ahvolini o`rganish yuzasidan tekshirish o`tkazildi. Tadbirda maktabda sanitariya-gigiena normalariga zid holatlar ham aniqlandi. Lekin mazkur tekshirish davomida Qo`sh­ko`pir tumani davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bo`linma mudiri Xolida Masharipova (ism-familiyalar o`zgartirilgan) maktab direktori o`rinbosari Mansur Saidovdan kamchiliklarni bartaraf etish uchun pora so`raydi.

Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda maktab direktori o`rinbosari M.Saidovning arizasiga asosan o`tkazilgan tadbirda Xolida Masharipova maktabning sanitariya-gigiena ahvoli yuzasidan o`tkazilgan tekshirishlarda aniqlangan kamchiliklarni rasmiylashtirmaslik evaziga direktor o`rinbosaridan 500 ming so`m pulni pora tariqasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

X.Masharipova aybiga iq­ror bo`lib, mazkur pullarni tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh shifokori Umar Jumaniyozovning topshirig`iga asosan olganligini bildirdi. Uning iqrornomasi yuzasidan tadbir davom ettirildi. U.Jumaniyozov markazning bo`linma mudiri X.Masharipovadan 500 ming so`m pulni olgan vaqtda qo`lga olindi.

Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi katta inspektori Dilrabo Kuryazovaning ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qar­shi kurashish departamentining Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan aybdorlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, jazo muqarrarligi ta`minlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1