1

Ish joyida o`g`irlik qilgan qorovul qo`lga olindi

Jinoyat 25.11.2018, 19:08
Ish joyida o`g`irlik qilgan qorovul qo`lga olindi

Shu yilning 22 noyabr kuni noma`lum shaxs Toshkent shahrining Chilonzor tuman Seul ko`chasida joylashgan firma maslahatchisi S.U.ning ish joyidagi xizmat xonasi eshigi ochiq qolganidan foydalanib, u erdan 27 900 AQSh dollarini o`g`irlab ketgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati O`rtachirchiq tumanida yashovchi shu korxona qorovuli Sh.R. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1