Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida shu yilning 25 noyabr kuni, soat 07:34lar chamasida Toshkent shahar, M.Ulug`bek tumani, H.Olimjon ko`chasi, 4-uy, 5-xonada yashovchi, 1958 yilda tug`ilgan A.B.ga tegishli "Qizilsuv" mahallasida joylashgan dala-hovlisida yong`in sodir bo`lgan.
Ko`rilgan choralar natijasida yong`in soat 08:35da bartaraf etilgan. Yong`in oqibatida dala-hovlining 60 kv.m. maydonida tomi, shifti va uy-jihozlari yonib, zarar ko`rgan hamda yong`in o`chirish vaqtida shu dala-hovli qorovuli, Quyichirchiq tumani Sirg`ali fermer xo`jaligida yashagan, Yu.I.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Ayni paytda yong`in sabablari aniqlanmoqda, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






