Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanida 26 noyabr kuni Quyichirchiq tumanida yashovchi U.T. “Isuzu” rusumli avtobusni “Toshkent-Termiz” yo`lining 841-km.da haydab ketayotib, yo`l sirpanchiq bo`lganligi sabab boshqaruvni eplay olmay avtobus yo`l chetiga yonboshlab qolgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
Natijada avtobusdagi yo`lovchilardan faqat bir fuqaro F.S. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olish so`ralgan.
Zarurat bo`lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslik, piyodalardan yo`lni kesib o`tishda o`ta hushyor bo`lishlari, kattalardan yo`llarda bolalarning harakatini nazoratga olish so`ralgan.






