Bugun, 27 noyabr kuni soat tahminan 12:26da Yakkasaroy tumani Shohjahon ko`chasida joylashgan «Fortuna» maktabgacha ta`lim muassasasida yong`in sodir bo`lgan.
Yong`in haqida navbatchi qismdagi 101 raqamga xabar qilingan. 4 daqiqadan so`ng 4ta harbiy guruh hodisa joyiga etib kelgan. Soat 12:41da yong`in to`liq bartaraf etilgan.
Yong`in oqibatida 3 kv.m. joy yongan: devor va shift zararlangan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`inga kondisionerdagi qisqa tutashuv sabab bo`lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.






