AsosiyJamiyat

O`zbekistonda YuNESKO ishlari bo`yicha milliy komissiya tuziladi

'O`zbekistonda YuNESKO ishlari bo`yicha milliy komissiya tuziladi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan YuNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy aaxborot” kanali ma`lum qildi.

Nizomga muvofiq, quyidagilar Komissiya faoliyatining asosiy yo`nalishlari etib belgilandi:

• ta`lim;
• ilm-fan;
• madaniyat;
• ommaviy axborot vositalari va kommunikasiyalar.

YuNESKO va Ta`lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo`yicha Islom tashkilotining (AYSESKO) faoliyatida O`zbekistonning xalqaro obro`si va rolini mustahkamlash, YuNESKO va AYSESKO dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo`yicha vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Nizomga muvofiq, umumjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan tegishli hududlarda rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish loyihalari Komissiya bilan kelishiladi.

Komissiya tarkibiga Komissiya raisi, uning o`rinbosarlari, Bosh kotib va Komissiya a`zolari kiradi.

Komissiyaning navbatdagi umumiy majlislari har yili kamida bir marta, navbatdan tashqari majlislar esa zudlik bilan hal qilinishi lozim bo`lgan masalalar yuzasidan chaqiriladi. Komissiya qarorlari ko`pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va qarorlarning mazmuni ommaviy axborot vositalarida e`lon qilinadi.

Komissiyaning Bosh kotibi vazirning birinchi o`rinbosariga tenglashtiriladi va Prezident bilan kelishilgan holda Hukumat tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

YuNESKO va AYSESKO tadbirlarida ishtirok etish uchun vakillarni tanlash bo`yicha takliflar tayyorlash Komissiya kotibiyatining asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar