1

Andijonda o`gay nevara 83 yoshli buvisini o`ldirdi (video)

Jinoyat 28.11.2018, 13:03
Andijonda o`gay nevara 83 yoshli buvisini o`ldirdi (video)

Andijon viloyati, Asaka tumani "Chek" mahallasida yashovchi fuqaro A.J. uyida yolg`iz yashovchi 1936 yilda tug`ilgan onasidan xabar olish uchun keganida uning yuzida tan jarohati bilan vafot etganiga duch keladi. Bu haqda u darhol tuman IIBga xabar beradi.

Olib borilgan tezkor harakatlar davomida, T.J. fojiali o`limiga marhumaning 1991 yilda tug`ilgan o`gay nevarasi I.N. sababchi bo`lgani aniqlangan.

Ushbu oila bir necha yillar mobaynida uy-joy masalasida nizolashib kelgan. O`zaro janjal sabab nevara 83 yoshli buvisi T.J.ning yuziga qo`li bilan urib jarohat etkazishi natijasida buvisi voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1