1

Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 28.11.2018, 23:11
Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining bir qator mansabdorlik jinoyatlari fakti yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, tergov harakatlari davomida Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi direktori R.I., agentlik direktori o`rinbosari U.N., agentlik bo`lim boshlig`i A.A. va sho``ba mudiri O.M.larga 2018 yil 16 noyabrda ayb e`lon qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Tergov siri nuqtai nazaridan ish yuzasidan boshqa ma`lumotlarni oshkor qilish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1