O`zbekiston Respublikasi Qonunchiligida Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarini olib qo`yishning aniq mezonlari belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Xususan, erlar endilikda quyidagi maqsadlarda olib qo`yilishi mumkin:
- mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun erlarni taqdim etish;
- xalqaro shartnomalardagi majburiyatlarni bajarish;
- foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;
- avtomobil va temir yo`llari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigasiya ob`ektlari va aviatexnika markazlari, temir yo`l transporti ob`ektlari, ko`priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi ob`ektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat ob`ektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
- aholi punktlari bosh rejalarini Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan ob`ektlar qurish qismida ijro etish hollarida.
Qarorga ko`ra, endilikda erlar olib qo`yilganda, u erdagi binolarni buzishdan oldin mulkdorga etkazilgan zarar to`liq qoplanishi lozim. Faqatgina shundan keyin binoni buzish mumkin bo`ladi.






