Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 dekabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi qor yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qor yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.






