1

Qirg`izistonga noqonuniy olib chiqib ketilayotgan 34 ming dollar to`xtatildi

Jinoyat 30.11.2018, 16:08
Qirg`izistonga noqonuniy olib chiqib ketilayotgan 34 ming dollar to`xtatildi

Farg`ona chegara bojxona posti xodimlari yurtimiz bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib chiqilishiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holatlarini fosh etdi.

“Farg`ona” chegara bojxona posti orqali qo`shni Qirg`iziston Respublikasiga chiqib ketayotgan fuqaro A.Z. bojxona nazoratidan o`tish chog`ida bojxona xodimlarida shubha uyg`otdi.

Belgilangan tartibda xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganda egnidagi ichki kiyimi ichidan bojxona xodimining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan, 30 ming dollar mavjudligi oshkor bo`ldi.

Shuningdek, huquqbuzarning kiyib olgan kurtkasining o`ng cho`ntagida 4 ming dollar va qo`l sumkasi ichidagi hamyonida 510 turk lirasi borligi aniqlandi.

Shu tariqa ushbu fuqaro jami 34 ming dollar va 510 turk lirasini yashirin holda qo`shni davlatga olib chiqib ketmoqchi bo`lganda bojxona xodimlari to`xtatib qoldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1