1

Yana bir soxta MIB xodimi qo`lga olindi

Jinoyat 01.12.2018, 21:35
Yana bir soxta MIB xodimi qo`lga olindi

Shu yilning 7 noyabr kuni Farg`ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi I.E. (ismli ayol) IIBga murojaat qilib, shu yil 1 noyabr kuni uning yashash uyida “Abror Toshmatov” ismli noma`lum shaxs o`zini tuman MIB xodimi deb tanishtirib, gaz va elektr ta`minotidan qarzdor ekanligini aytib, aldov yo`li bilan undan 330 000 so`m pul olib, to`lov uchun qalbaki ma`lumotnoma berib ketganligini ma`lum qilgan.

Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma`lum qilmoqda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Rishton tumanida yashovchi, aslida "Toza Hudud" DUK haydovchisi bo`lgan Sh.J. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1