AsosiyJinoyat

Samarqandda fuqaro IIB xodimiga qasddan jarohat yetkazdi

'Samarqandda fuqaro IIB xodimiga qasddan jarohat yetkazdi'ning rasmi

Shu yilning 24 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Pastdarg`om tumanida yashovchi, mast holda bo`lgan M.Yu. shu hududda xizmat olib borayotgan Pastdarg`om tumani IIB xodimini haqorat qilib, chap peshona sohasiga tosh bilan urib jarohat etkazgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Natijada xodimga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilgan. M.Yu. esa ushlangan.

Holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar