1

Jizzaxda talonchilik qilgan o`quvchi qizlar qo`lga olindi

Jinoyat 02.12.2018, 19:03
Jizzaxda talonchilik qilgan o`quvchi qizlar qo`lga olindi

2018 yilning 1 dekabr kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tuman N.E. (ismli ayol) IIBga murojaat qilib, unda shu yil 30 noyabr kuni 2 noma`lum qiz “Oybek” MFYda uning birga yashovchi 7 yoshli qizining qulog`idagi bir juft ziraklarini echib, olib ketganliklarini ma`lum qilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Zafarobod tuman Iqtisod kasb-hunar kolleji 3-bosqich o`quvchilari D.J. va M.I. ismli qizlar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1