Yakshanba kuni Toshkent shahrida qidiruvga berilgan 14 yoshli o`smir Visola Gafurova topilgan, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.
IIBB xabariga ko`ra, u to`rt kundan so`ng sog`-salomat holda qarindoshlarining uyidan topilgan. Qandaydir sabablarga ko`ra bundan uning ota-onasi xabarsiz bo`lgan.
“Maktab o`quvchisi Toshkent viloyati, To`ytepa tumanidan qarindoshlarining uyidan topilgan. Qandaydir noma`lum sabablarga ko`ra ota-onasi qizining qaerdaligidan bexabar bo`lgan. Bir necha kun qidirib topa olmaganlaridan so`ng ular huquqni saqlash organlariga murojaat qilishgan”, - deyilgan xabarda.
Huquqni saqlash organlari qiz bolani topishda yordam bergan, befarq bo`lmagan hamshaharlarga katta minnatdorlik bildirishmoqda.






