Noyabr oyida mamlakatimizning iste`mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o`rtacha 2,3 foizga ko`tarildi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi joriy yilning noyabr oyida mamlakat iste`mol sektorlaridagi inflyasiya darajasini ma`lum qildi, deb yozmoqda O`zA.
Noyabr oyida mamlakatimizning iste`mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o`rtacha 2,3 foizga ko`tarildi. Umumiy hisobda 11 oy davomida iste`mol sektorida inflyasiya darajasi 12,0 fozizni tashkil etdi.
Ma`lumot uchun: 2017 yilning noyabr oyida respublika iste`mol sektoridagi inflyasiya darajasi 2,0 foizni tashkil etgan. Oy davomida umumiy narxlar darajasining o`sishiga oziq-ovqat mahsulotlari 1,5 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlar 3,4 foiz va xizmatlar 0,5 foizga ta`sir etgan.
Oylik iste`mol narxlari o`zgarishi tahlillari shuni ko`rsatmoqdaki, iqtisodiyotga inflyasion bosimlarning oshishi joriy yilning sentyabr oyidan e`tiboran kuzatila boshlangan. Sentyabrda o`rtacha oylik iste`mol narxlari 1,8 foiz, oktyabrda 1,3 foiz va noyabr oyida 2,3 foiz, so`nggi uch oylikda esa narxlar o`rtacha ko`tarilishi 5,4 foizni tashkil etgan.






