Deyarli 3 haftadan buyon davom etayotgan Parijdagi namoyishlar tobora yirik to`qnashuvga aylanib bormoqda, deya xabar bermoqda Ren.tv nashri.
Hozirga kelib shaharning barcha hududlarida to`s-to`palonlar kuzatilmoqda. Polisiya va namoyishchilar o`rtasidagi janjal oqibatida umumiy hisobda 110 kishi yaralangan. Ularning 17 nafari polisiyachilardir. 300 ga yaqin fuqaro qo`lga olindi. Ushbu holat mamlakatdagi turizm sohasiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Prezident Emmanuel Makron hukumat a`zolari ishtirokida favqulodda yig`ilish o`tkazgan. Namoyishchilar esa ushbu yig`ilishdan so`ng aniq choralar ko`rilishini kutishmoqda.






