AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin bilan Buenos-Ayresda bo`lib o`tgan uchrashuvdan keyin Xitoyga nisbatan qo`shimcha tariflarni joriy qilmaslikka qaror qildi, deya xabar berdi Vesti nashri.
Ular kamida 90 kun mobaynida yangi tariflarni joriy qilmaslikka qaror qilishgan. Avval xabar berganimizdek, AQSh 1 yanvardan umumiy hajmi 200 mlrd. dollar bo`lgan Xitoy tovarlariga 25 foizlik tarif joriy qilishi ko`zda tutilayotgan edi. Biroq Tramp G20 sammiti chog`ida qarorini o`zgartirdi. Xitoy va AQSh rahbarlari barcha qo`shimcha tariflarni bekor qilish bo`yicha kelishib olishdi.






