O`zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O`zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi a`zosi Alisher Qodirov ayollar ish vaqtini qisqartirish tashabbusi bilan chiqdi, deb yozmoqda O`zA.
"Ayollarning ish vaqti soat 16.00 da tugatilishi kerak. Shunda ayol farzandlari va umr yo`ldoshi uchun vaqt ajratadi. Bu esa o`z o`rnida oiladagi er-xotin, ona-bola munosabatlarida ijobiy muhitni yuzaga keltiradi", - dedi deputat.

Deputat so`zlariga ko`ra, ayollar oilasi bilan etarlicha vaqt o`tkaza olmasligi, oila buzilishiga olib kelishi mumkin.
Bugun oilaning poydevori hisoblangan ayollarning salmoqli qismi faol, mehnat shartnomasi bilan korxona va tashkilotlarga bog`langan. Ular ish vaqti yakunlanmasidan oilasiga qaytolmaydi. Oilada ona bo`lmasligi oila poydevorini darz ketishiga olib keladit.
Bolalar maktabdan qaytib, ularga "tuhfa qilingan" erkinlikdan bilganlaridek foydalanadilar. Ota bilan deyarli bir paytda kelgan ona ham dam olishga birdek haqli. Munosabatlar inqirozi sekin-asta oilaning inqiroziga olib keladi. Bugungi kunda 55 foiz oilalarning buzilishiga sabab bo`lmoqda.






