AsosiyJamiyat

YPX xodimiga o`z xizmat vazifalarini yashirin usulda olib borish taqiqlandi

'YPX xodimiga o`z xizmat vazifalarini yashirin usulda olib borish taqiqlandi'ning rasmi

Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizomga (Vazirlar mahkamasining 1 dekabrdagi qarori) muvofiq:

- transport to`xtatilganda haydovchi YPX xodimi to`xtatilgan hududda dislokasiyaga asosan xizmat o`tayotganligini tasdiqlovchi dislokasiyaning ko`chirmasi bilan tanishishi mumkin;

- YPX xodimi tomonidan o`zining dislokasiyasidan tashqarida rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo`lmaydi;

- YPX xodimi transportni va yuklarni ko`zdan kechirish, transportni ta`qib qilish yoki kuzatish huquqiga ega. Bunda yo`l harakati qatnashchilarining hayoti va sog`lig`i uchun xavfli harakatlar sodir etilmasligi lozim;

- YPX xodimi o`z xizmat vazifalarini belgilangan epikrovkada oshkora usulda amalga oshiradi hamda xizmatni yashirin olib borish taqiqlanadi.

2019 yil 1 iyuldan boshlab yo`l harakati qatnashchilari mobil videokamerasiz faoliyat olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega ekanligi belgilandi.

Nizomga muvofiq YPX xodimi xizmat vazifasini amalga oshirishda quyidagilarga majbur:

- vazifalarini mobil videokameradan foydalanib olib borish va bu haqida yo`l harakati qatnashchilariga ma`lum qilish (2019 yil 1 iyuldan);

- yo`l harakati qatnashchisi to`xtatilganda uning oldiga borish, o`zini tanishtirish, lavozimi, unvoni familiyasi haqida ma`lumot berish hamda ularga “Siz” deb murojaat qilish;

- tibbiy yordamga muhtojlarni belgilangan joyga olib borishda fuqarolarga yordam ko`rsatish;

- haydovchini tezlikni oshirgani haqidagi maxsus moslamaning ko`rsatkichlari bilan tanishtirish, talabiga ko`ra moslamaning qiyoslash sertifikatini ko`rsatish.

Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum kilishicha, yo`l harakati qatnashchilari hujjatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega (2019 yil 1 iyuldan).

    Boshqa yangiliklar