AsosiyJamiyat

Nukusdagi qurilish mollari bozorida yong`in sodir bo`ldi

'Nukusdagi qurilish mollari bozorida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Kecha, 3 dekabr kuni Nukus shahridagi qurilish mollari bozorida yong`in sodir bo`lgan, yong`indan 7ta qo`shni do`konlar saqlab qolingan.

O`zbekiston DYoXX matbuot xizmatining xabar berishicha, yong`indan do`konning 28 kv.m. maydonda tom qismi zararlangan.

Yong`in o`chiruvchilar tomonidan ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in o`chirilgan. Yong`inga 3ta yong`in o`chirish ekipaji jalb etilgan. Tan jarohati olganlar yo`q.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in payvandlash ishlarini olib borishdagi ehtiyotsizlik natijasida kelib chiqqan. Yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`indan yonma-yon turgan 7ta savdo do`konlari (500 kv.m) saqlab qolingan.

    Boshqa yangiliklar