Joriy yilning 3 dekabr kuni "O`zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyati tomonidan "2018 yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar, qishloq xo`jaligi mashinasozligi istiqbollari, uning muammolari va echimlari. 2019 yilga belgilangan rejalar" mavzuida matbuot anjumani va media-tur o`tkazildi.
Unda "O`zagrotexsanoatxolding" AJ boshqaruvi raisi Muxtor Karimov, Xolding tarkibidagi tizim korxonalar rahbarlari, hamda xorijlik mutaxassislar ishtirok etdi.
2018 yilda "O`zagrotexsanoatxolding" AJ tizim korxonalari tomonidan jami 9243 dona qishloq xo`jaligi texnikasi, shu qatorda, 3123 dona traktorlar, 379 dona priseplar, 1104 dona ishlov berish texnikalari, 672 dona paxta seyalkalari, 239 dona g`alla seyalkalari, 556 dona paxta va g`alla o`rish kombaynlari, 1074 dona paxta kultivatorlari va 2086 dona boshqa texnikalar ishlab chiqilgan.
"O`zagrotexsanoatxolding" AJ tomonidan 2018 yil davomida qishloq xo`jaligi texnikalarining eksport prognozi ijrosini ta`minlash yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, bugungi kunda qishloq xo`jaligi texnikalari qo`shni mamlakatlarga eksport qilinmoqda. HozirdaTurkmanistonga umumiy qiymati 17 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 100 dona paxta terish mashinasi, 1502 dona kultivator, 600 dona ventilyatorli purkagich va 200 dona ko`rak terish mashinalari jami 2402 dona, joriy yilning noyabr-dekabr oylari davomida 12 mln. AQSh dollariga va 2019 yilning yanvar-mart oylari davomida 5 mln. AQSh dollariga teng qishloq xo`jaligi texnikalarini Turkmanistonga etkazib berish rejalashtirilmoqda.
Yana bir ahamiyatli jihati shundaki,“O`zagrotexsanoatxolding” AJ tomonidan sentyabr-oktyabr oylarida fermerlar va tadbirkorlar bilan uchrashib, ularni o`zimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xo`jaligi texnikalari bilan tanishtirib, ular uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ma`lumotlar taqdim etish maqsadida Respublikamizning barcha viloyatlari bo`ylab sayyor ko`rgazma-yarmarkalari tashkil etildi.

“O`zagrotexsanoatxolding” AJning texnik siyosati bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan texnikalarni maxalliylashtirilishini kengaytirishdan iborat bo`lib, ishlab chiqarilayotgan texnikalarni 30-40% gacha maxalliylashtirish bo`yicha jadal ishlar olib borilmoqda. Buning natijasida ko`zlangan maqsadni 3-4 yil ichida amalga oshirish bo`yicha maxalliylashtirishni 3 fazali dasturi qabul qilingan.
Shuningdek, matbuot anjumanida “O`zagrotexsanoatxolding” AJ tomonidan ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan uyidagi loyihalar haqida ham ma`lumot berildi.






