Rossiya Kerch bo`g`ozidagi hodisadan so`ng qo`lga olingan ukrainalik harbiylar va mamlakat xavfsizlik xizmati xodimlariga ayblov qo`ydi, deya xabar bermoqda Ren tv.ru nashri.
Hibsga olingan harbiylarning barchasi Rossiya Jinoyat kodeksining 322-moddasi 2-qismi bo`yicha Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o`tishda ayblanmoqda. Ularning advokati qo`lga olingan o`z mijozlari bilan hali uchrashmaganini ta`kidlamoqda. Qayd etilishicha, hujjatlar Moskvaga yuborilgani va surishtiruv bilan kim shug`ullanayotganini aniq bilmaydi.






