AsosiyJamiyat

11 oyi davomida respublika hududida 10 680 ta yong`in qayd etilgan

'11 oyi davomida respublika hududida 10 680 ta yong`in qayd etilgan'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi taqdim etgan ma`lumotga ko`ra, shu yilning o`tgan 11 oyi davomida respublika hududida jami 10680 ta yong`inlar qayd etilib, ushbu yong`inlarda 106 nafar inson halok bo`lgan va 309 nafar kishi tan jarohati olgan.

Yong`inlar o`tgan yilning mos davriga nisbatan 680 taga (6 foizga), yong`inlarda insonlarning halok bo`lishi 27 taga (20 foizga) va tan jarohati olishi 49 taga (14 foizga) kamaygan. Ushbu yong`inlarda 73 nafar insonlar qutqarib qolingan.

Bundan tashqari, sodir bo`lgan yong`inlar ayrim yo`nalishlarda kamayishiga erishildi.

Jumladan, materiallarni ochiq saqlash joylarida 30 foizga, omborxonalarda 27 foizga, o`quv yurtlarida 19 foizga, madaniy-tomosha muassasalari, davolash muassasalari va ishlab chiqarish sexlarida 15 foizga, ma`muriy-jamoat muassasalarida 14 foizga, shuningdek, yong`inlarning kelib chiqish sabablari bo`yicha: texnologik prosessini buzilishi oqibatida 37 foizga, bolalar sho`xligidan 10 foizga, ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish va texnologik xodisalar oqibatida hamda qasddan o`t qo`yishdan 9 foizga, transport vositalaridan foydalanish
va tuzilish qoidalarini buzilishidan 5 foizga, elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzilishidan 4 foizga kamayishiga erishilgan.

"Aziz hamyurtlar! Uyda, ish joyingizda, ko`chada yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling. Bu bilan Siz o`zingiz va yaqinlaringizni hamda mol-mulkingizni yong`indan asrab qolgan bo`lasiz. Agar yong`in sodir bo`lsa, “101” telefon raqamiga qo`ng`iroq qiling", -deyilgan IIV xabarida.

    Boshqa yangiliklar