Coscom (Ucell brendi) mobil operatorining 94 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi Telia shved-fin kompaniyasi o`zining barcha ulushini 215 mln dollar evaziga (qarzlarsiz) O`zbekiston Davlat raqobat qo`mitasiga sotdi, deya xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
Ma`lumotlarga ko`ra, mobil operatoriga avval Uzmobile milliy operatori direktori bo`lib ishlagan Vladimir Kravchenko rahbarlik qiladi.
"Shartnoma Telia "New Generation Telco" kompaniyasi strategiyasi doirasida Evroosiyo bozorini tark etish hamda Shimoliy va Boltiqbo`yi hududlaridagi faoliyatini kengaytirish to`g`risidagi qaroriga muvofiq amalga oshirildi", - deya izoh berdi Telia prezidenti va bosh ijrochi direktori Yoxan Dennelind.
Ma`lumot uchun, Ucell kompaniyasiga 1996 yilda Coscom brendi ostida asos solingan. 2007 yilning iyulida TeliaSonera Coscom`ning asosiy aksioneriga aylandi. 2008 yil iyulida operator Ucell brendi ostida ishga tushdi.






