Shu kunlarda Toshkentda FIFA Forward dasturi bo`yicha seminar bo`lib o`tdi.
Seminar doirasida bir qator masalalar muhokama qilindi. Qatnashchilarga FIFA Forward dasturidan unumli foydalanish bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berildi.
Seminar so`nggida FIFA vakillari Elia de Santis va Leonard Greter "Milliy" stadioniga tashrif buyurishdi. Ular yangi mavsum oldidan stadion chimini FIFA Forward dasturi orqali yangilash bo`yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida tegishli ko`rsatmalar berib o`tishdi.
Mazkur loyiha bo`yicha kelgusida "Milliy" stadionining chimini yangilash ishlari FIFA Forward dasturi orqali moliyalashtirilishi ko`zda tutilgan.
Shuningdek, FIFA vakillari "Milliy" stadion bilan yaqindan tanishib, faxriy mehmonlar kitobida o`z tilaklarini yozib qoldirishdi.







