AsosiyJamiyat

Agentlik kubogining “Eng yaxshi to`purar”i nominasiyasi “O`zbekiston” noshiriga topshirildi

'Agentlik kubogining “Eng yaxshi to`purar”i nominasiyasi “O`zbekiston” noshiriga topshirildi'ning rasmi

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi 8 dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan O`zbekiston futbol assosiasiyasi ko`magida televidenie, radio, matbuot nashrlari, internet saytlari, nashriyot-matbaa ijodiy uylari jamoalari o`rtasida Agentlik kubogi uchun mini-futbol musobaqasi o`z nihoyasiga etdi.

Musobaqa yakunlariga ko`ra, butun matchlar davomida raqiblar darvozasiga umumiy hisobda 14 gol kiritgan “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi xodimi O`ktamov Muhammadali Agentlik kubogining “Eng yaxshi to`purar” nominasiyasiga loyiq ko`rildi. Aytish lozimki, “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida faol faoliyat olib borayotgan yosh kadr hisoblanmish O`ktamov Muhammadali musobaqa davomida qattiq jarohat olganiga qaramay, raqiblar darvozasini ishg`ol eta oldi. Qolaversa, ushbu to`purarga “Inson va qonun” gazetasi Bosh muharriri, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist, yozuvchi Qo`chqor Norqobil o`zining maxsus sovg`asi – “Eng yaxshi to`purar”ga atalgan kubokni taqdim etdi.

Agentlik kubogi uchun mini-futbol musobaqasining uchinchi o`rni “Halq so`zi” terma jamoasiga berildi, ikkinchi o`rin esa “Zo`r TV” terma jamoasiga nasib etdi. Musobaqaning mutlaq g`olibligi – birinchi o`rin O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi terma jamoasiga topshirildi.

Besh kun davom etgan musobaqa mobaynida OAV vakillari, ziyo tarqatuvchilar bo`lmish noshirlar sog`lom turmush tarzini amalda ko`rsatib, do`stlik va birdamlik namunasini namoyish etdilar.

O`zMAA “O`zbekiston” NMIU

Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar