AsosiyJamiyat

"O`ztransgaz"ga yangi rahbar tayinlandi

'"O`ztransgaz"ga yangi rahbar tayinlandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Bahodir Beshimovich Eshmuratov «O`ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

«O`ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati gaz taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish, respublika iste`molchilariga tabiiy gazni etkazib berish va sotish bo`yicha samarali boshqaruv tizimini yaratish, shuningdek, tabiiy gazdan oqilona foydalanish va gaz uchun to`lov intizomini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.

Eslatib o`tamiz, shu yilning noyabr oyi oxirlarida Sharifjon Tursunov "O`ztransgaz" aksionerlik jamiyati raisi lavozimidan bo`shatilgandi.

    Boshqa yangiliklar