Joriy yilning 3 dekabr kuni Farg`ona viloyatining Rishton tumani bilan Ozarbayjon davlatining Ismoilli shaharlari o`rtasida “Birodar shahar” to`g`risida memorandum imzolandi, deb xabar bermoqda O`zA.
Ozarbayjon delegasiyasi rasmiy tashrif chog`ida Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`aniev bilan muzokaralar olib bordi.
Muzokara doirasida viloyatda o`tkazilayotgan “Adras” festivali, “Xalqaro kulollar va kulolchilik mahsulotlari” va kelgusida bo`lib o`tadigan “Xalqaro hunarmandlar” festivalida Ozarbayjon Respublikasidan ham hunarmandlar va sayyohlarning ishtiroki, Ismoilli va Rishtonlik sarmoyadorlarning birgalikdagi hamkorligini yo`lga qo`yish, ta`lim va san`at sohalarida ham birgalikda amalga oshirilishi ko`zda tutilayotgan masalalar muhokama etildi.

Kunning ikkinchi yarmida Rishton tuman hokimligida Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Guseyn Guliev, Ismoilli shahri hokimining birinchi o`rinbosari Ravshan Agaev, Rishton tumani hokimining o`rinbosari Abdusalom Siddiqovlar ishtirokida “Birodar shahar” to`g`risidagi memorandum imzolandi.







