O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan GM Uzbekistan kompaniyasi ilk bor bir qator modellarga bayram chegirmalarini e`lon qildi.
Faqat 6, 7 va 8 dekabr kunlari xaridorlar respublikamizning barcha dilerlik markazlarida GM Uzbekistan avtomobillarini qulay shartlarda xarid qilishlari mumkin.
Bunda oldindan 100 foiz to`lovni amalga oshirgan xaridor Chevrolet Malibu avtomobili uchun 9 061 866 million so`mgacha, Lacetti uchun 3 858 136 so`mgacha chegirmaga ega bo`ladi.
Mamlakatimizdagi dilerlik markazlarining manzillari hamda shartnoma tuzish uchun mavjud avtomobillar ro`yxati bilan GM Uzbekistan rasmiy saytining Uzavtosavdo bo`limi orqali tanishish mumkin.
"Chegirmalar Chevrolet Malibu va Lacetti avtomobillariga amal qiladi. Avtomobillar soni chegaralangan!", - deyilgan xabarda.






