AsosiyJamiyat

Xorazmda ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etildi

'Xorazmda ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 29-30 noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida viloyatda ishsizlik saqlanib qolayotganini ta`kidlab, iqtisodiyot tarmoqlarini ko`paytirish, yangi sanoat korxonalari tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish, qishloq xo`jaligi, turizm va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali bandlik darajasini oshirish bo`yicha topshiriqlar bergan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi bo`yicha Bosh prokuratura tomonidan hududda sholichilik, meva-sabzavotchilik va baliqchilikni rivojlantirish, er va suvdan oqilona foydalanishda prokuratura organlari tomonidan qonuniylikni ta`minlash maqsadida, Xorazm viloyat prokuraturasi tuzilmasida Qishloq xo`jaligida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo`yicha Xorazm ixtisoslashtirilgan prokuraturasi tashkil etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qishloq xo`jaligi uchun mo`ljallangan er maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suv xo`jaligi ob`ektlarining holatini yaxshilash, suvdan oqilona foydalanish va tomchilatib sug`orish tizimlarini joriy etish, baliqchilik tarmog`ini jadal rivojlantirish, baliq etishtirish inshootlari va qurilmalarini barpo etish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda sholi etishtirish hajmlarini ko`paytirish, uni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni ko`paytirish, ularni qayta ishlash (quritish) quvvatlari hamda eksport hajmini oshirish, sholichilik, meva-sabzavotchilik va baliqchilik sohalaridagi tadbirkorlik sub`ektlarini huquqiy himoya qilish hamda ushbu sohalarga to`g`ridan-to`g`ri xususiy xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish kabi yo`nalishlarda qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish Ixtisoslashtirilgan prokuraturaning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Qishloq xo`jaligida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo`yicha Xorazm ixtisoslashtirilgan prokurori viloyat prokurorining birinchi o`rinbosari hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar