AsosiyJamiyat

Rustam Inoyatovga ITF maxsus mukofoti berildi

'Rustam Inoyatovga ITF maxsus mukofoti berildi'ning rasmi

Joriy yilning 1 dekabr kuni Filippinning Manila shahrida Osiyo tennis federasiyasining yillik kongressi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Tennis federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kongressda Xalqaro tennis federasiyasi prezidenti Devid Xaggerti faxriy mehmon sifatida qatnashdi va taqdirlash marosimida O`zbekiston Tennis federasiyasiga "Jahon tennisi rivojlanishidagi ulkan yuksalish uchun" maxsus mukofotini topshirdi.

Shuningdek, O`zbekiston Tennis federasiyasi prezidenti Rustam Inoyatovga "O`zbekiston tennisining rivojiga qo`shgan beqiyos hissasi va tennisga ko`p yillik sadoqati uchun" alohida maxsus mukofoti berildi.

    Boshqa yangiliklar