Hukumat qarori bilan Avtomobil transportida yo`lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish faoliyatini lisenziyalash to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga ko`ra 2019 yil 1 apreldan boshlab lisenziya va lisenziya kartochkalarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etiladi.
Lisenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
Bunda lisenziya talabgorining arizasiga ko`ra umuman faoliyat turiga yoki uning qismlariga beriladi.
Yo`lovchilarni tashish bo`yicha:
- shaharda avtobuslarda;
- shaharda mikroavtobuslarda;
- shaharda engil avtomobillarda;
- shahar atrofida avtobuslarda;
- shahar atrofida mikroavtobuslarda;
- shahar atrofida engil avtomobillarda;
- shaharlararo yo`nalishlar bo`yicha avtobuslarda;
- shaharlararo yo`nalishlar bo`yicha mikroavtobuslarda;
- shaharlararo yo`nalishlar bo`yicha engil avtomobillarda;
- xalqaro yo`nalishlar bo`yicha avtobuslarda;
- xalqaro yo`nalishlar bo`yicha mikroavtobuslarda;
- xalqaro yo`nalishlar bo`yicha engil avtomobillarda.
Yuklarni tashishda:
- avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida;
- avtomobil transportida shaharlararo yo`nalishlar bo`yicha;
- avtomobil transportida xalqaro yo`nalishlar bo`yicha.
O`zbekiston avtomobil transporti agentligi - O`zbekiston Respublikasida yo`lovchi va yuklarni xalqaro tashishga oid, Agentlikning hududiy boshqarmalari esa shahar, shahar atrofi, shaharlararo yo`lovchi va yuklarni tashishga oid lisenziya berish, uning amal qilishini to`xtatib turish yoki to`xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to`g`risida qaror qabul qilish vakolatiga ega.






