1

Qabrda ham erini rashk qilgan ayol (hayotiy hikoya)

Mutolaa 07.12.2018, 12:06
Qabrda ham erini rashk qilgan ayol (hayotiy hikoya)

Bir yigit dinu diyonatli va go`zal xulqli qizga uylandi. Ikki yosh baxtli hayot kechira boshladi...

Oradan uch yil o`tdi. Ammo taqdir taqozosi bilan Alloh taolo farzand bermadi. Qator shifokorlar huzuriga borishdi. Oxir oqibat tekshiruvlar xulosasiga ko`ra ayol farzand ko`ra olmasligi ma`lum bo`ldi. Bundan xabar topgan kuyovning yaqinlari unga oilasi bilan ajrashib, boshqa bir ayol ila hayot kechirishi zarurligini aytishdi.

Ikki o`t orasida qolgan yigit onasi va yaqinlariga qat`iyat ila: “Ayolimni tug`maydigan pushtsiz deb o`ylaysizmi? Aslida, haqiqiy bepushtlik farzand ko`rmaslikda emas, balki er-xotin o`rtasida mustahkam tuyg`u va pokiza muhabbatning yo`qligidadir. Men undan roziman. U ham mendan rozi. Boshqa bu mavzu haqida so`z ochmanglar”, dedi. Orada farzand bo`lmasligi ikki yoshning bir-biriga nisbatan mehr-muhabbatning yanada ziyoda bo`lishiga sabab bo`ldi.

Shu zaylda oradan to`qqiz yil o`tdi. Kunlarning birida ayol o`zida ba`zi bir o`zgarishlarni sezdi. Shifokorga murojaat qilishganda, unda og`ir hastalik borligi, uzog`i bilan yana besh yil umri qolganini aytishdi. Ayolning holati borgan sari og`irlashib borardi. Shifokorlar ayolning turmush o`rtog`iga: “Ayolingiz shifoxonada bo`lgani yaxshi. Doimo shifokorlar nazoratida bo`ladi deyishdi”. Biroq er bu taklifga rozi bo`lmasdan, tibbiy muolaja uchun kerak bo`ladigan barcha narsani uyda muhayyo qilishini aytdi. Uyida ayolining tibbiy davolanishi uchun zarur bo`lgan barcha narsalarni tayyorladi va bitta hamshirani unga qarashi uchun yolladi.

Yigit ishxonasining rahbari mazkur voqeadan xabar topib, unga har kuni ishga ikki soatga kelib, qolgan vaqtda esa, oilasiga qarashi uchun ruxsat berdi. Er ishdan qaytgandan so`ng ayoliga taom pishirib, unga o`z qo`li bilan edirar, so`ngra uni bag`riga bosib, ko`nlini ko`taradigan narsalar aytib berardi.

Ayoli vafotidan oldin biror kishiga bildirmasdan hamshiraga kichkina quti berib, uni faqatgina olamdan o`tganidan keyingina eriga berishini tayinladi.

Ayolning ahvoli og`irlashib, hayotdan ko`z yumdi. Ertasi kuni hamshira kelib, o`ziga topshirilgan omonatni yigitga topshirdi.

Er qutini ochganda uning ichida to`ydan keyin ayoliga hadya qilgan atirning bo`sh idishi, to`y kuni birga tushgan rasmi va sizni Alloh uchun yaxshi ko`raman deb yozilgan kumush uzuk turardi.

Uning ostida xat bo`lib unda quyidagilar yozilgan edi: “Suyukli mehribon jufti halolim! Mendan ayrilib qolganizga mahzun bo`lmang. Allohga qasamki, agar menga ikkinchi marotaba umr berilganida ham hech ikkilanmasdan albatta siz bilan yashashni tanlardim. Lekin siz xohlaysiz, men ham xohlayman. Biroq, Alloh taolo nimani xohlasa shu bo`ladi. Suyukli mehribonim! Sizga meni oxirgi aytadigan so`zim, vafotimdan keyin biror soliha ayolga uylaning. Siz vazifangizni a`lo darajada bajardingiz. Umid qilamanki, qiz farzand ko`rsangiz meni ismimni qo`yasiz. Shuni biling-ki, qabrda bo`lsam ham sizni yangi oilangizdan rashk qilaman!...”.

Doktor Hasan Boshaning “Er-xotin ikkisiga aytiladigan nasihatlar” kitobidan

Abdushukur MURADOV tarjimasi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1