AsosiyJamiyat

Poytaxtda yana bir jome masjidi qayta qurildi (foto)

'Poytaxtda yana bir jome masjidi qayta qurildi (foto)'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanidagi “Oltintepa” jome masjidi kishilar uchun juda ham qulay shaklda qayta bunyod etildi. 2016 yil avgust oyida qurilish ishlari boshlangan edi. Masjid ikki yilu to`rt oy degan-da hashar yo`li bilan bitkazildi. Masjid mahobatli moviy gumbaz, keng xonaqohlar, so`lim hovliga ega bo`lib, bir vaqtning o`zida 2300 nafar namozxonni o`z bag`riga sig`dira oladi.

6 dekabr kuni “Oltintepa” masjidi qayta qurilishi munosabati bilan ochilish marosimi o`tkazildi. Unda ulamolar, imom-domlalar, namozxonlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi, deb xabar berdi O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Marosimda O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovmana shunday bunyodkorlik ishlari joriy yilda birgina Toshkent shahrida 9 ta jomeda amalga oshirilgani, 12 ta masjid kapital ta`mirlangani, ayrimlarida qurilish ishlari davom etayotganini bildirdilar. Ayniqsa, poytaxtimizdagi “Suzuk ota” va “Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf” majmualarida bunyodkorlik ishlari izchil davom etayotganini alohida qayd etdilar.


    Boshqa yangiliklar