Bugun, 7 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga tantanali gul qo`yish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar berdi O`zA.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan harbiy orkestr sadolari ostida Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambarlar qo`yildi.
Asosiy qonunimiz xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo`lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashimizning qonuniy kafolati bo`lib kelmoqda.









