AsosiyJamiyat

Jurnalist ayol oiladagi zo`ravonliklarga qarshi kurashning noyob usulini topdi

'Jurnalist ayol oiladagi zo`ravonliklarga qarshi kurashning noyob usulini topdi'ning rasmi

101 ta atirgul - Dushanbe ko`chalarida mahalliy jurnalist Surayyo Shudjoat erkaklarga tarqatgan gul miqdori shuncha. U gullarni tarqatar ekan «bu atirgullarni rafiqangizga sovg`a qiling va unga bo`lgan muhabbatingizni tan olishni unutmang», deya eslatib o`tdi.

Surayyoning fikricha gullar oiladagi zo`ravonliklarga qarshi kurashdagi eng yaxshi quroldir. U «Ayollarga nisbatan zo`ravonliklarga qarshi 16 kun» xalqaro aksiyasi doirasida erkaklarga atirgul tarqatdi. Bu aksiya 25 noyabrdan 10 dekabrga qadar BMTning “Har bir uydagi tinchlikdan – dunyodagi tinchlik sari” shiori ostida o`tkazilmoqda.

Surayyo va uning eri – taniqli jurnalist Juma Mirzo erkaklarga muhabbat va romantika ramzi bo`lmish qizil atirgullarni tarqatdi. «Men bugun 101 nafar erkak qo`lida gul bilan uyiga borib o`zining jufti haloliga muloyim so`zlarni aytishini istayman. Erkaklar nafaqat 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kunida, balki ayollariga shunchaki gul sovg`a qilishlarini xohlardim», – deydi Surayyo.

«Onamning ismi Sadbarg (Roza) edi. Uyimiz hovlisida 12 tup atirgul borligini eslayman. Onam ularni sevardi. Onam kasal bo`lib qolganida uning boshida hamisha atirgullar bo`lardi. Uch yil muqaddam onam vafot etdi. Bu aksiyani men onamning xotirasiga bag`ishladim», – deydi jurnalist ayol.

Uning aytishicha, hamma erkaklar ham undan atirgul olishni istashmagan. «Rafiqasiga gul sovg`a qilish hozircha bizda urfga aylanmagan», – deydi afsuslanish bilan Surayyo.

Dushanbedagi oliy ta`lim dargohlaridan birida tahsil olayotgan afg`onistonlik talaba Zoir Bobonazarning aytishicha, bu kabi aksiyalarni Afg`onistonda ham o`tkazish kerak. «Birgina gul ham oilaga tinchlik va muhabbat olib kirishi mumkin», – deydi u.

    Boshqa yangiliklar