AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligi tizimida ham Konstitusiyaning 26 yilligi keng nishonlanmoqda

'Mudofaa vazirligi tizimida ham Konstitusiyaning 26 yilligi keng nishonlanmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 26 yilligi Mudofaa vazirligi tizimidagi barcha harbiy okruglar, harbiy qismlar hamda oliy harbiy ta`lim muassasalarida nishonlanmoqda.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar qilishicha, Farg`ona viloyatida mudofaa vazirining birinchi o`rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig`i general-mayor Pavel Ergashev bayram munosabati bilan barchani muborakbod etib, bir guruh harbiy xizmatchilarni vazirlik ko`krak nishonlari, esdalik sovg`alari hamda diplomlar bilan taqdirladi. Ularning kelgusidagi xizmatlariga zafarlar tiladi.

Qurolli Kuchlar davlat muzeyida esa Mudofaa vazirligi faxriylari uchun bayram tadbiri tashkillashtirildi. Tadbir davomida yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo`shib kelayotgan faxriylarga Mudofaa vazirining ko`krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, Toifalangan ob`ektlarni qo`riqlash qo`shinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari o`rtasida «Konstitusiya – baxtimiz qomusi» mavzusida tantanali yig`ilish bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo`limi rahbari O`roz Haydar hamda shoira Nilufar Umarova, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi, aktyor Isoq To`raev ishtirok etdi. Tadbir davomida bayram munosabati bilan bir qancha harbiy xizmatchilar rag`batlantirildi. Bayram yakunida Qarshi garnizoni Ma`naviyat va ma`rifat markazi harbiy orkestri va viloyat san`atkorlarining konsert dasturlari namoyish etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar