«TOSHISSIQQUVVATI»ga qarshi Shahriobod (Du700) ko`chasi bo`ylab 1-IMdan issiqlik tarmoqlarida 2018 yil 6 dekabr kuni soat 13:00da avariya sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Natijada Mirzo Ulug`bek tumanining 300 dan ortiq bino va uylari va Yashnobod tumanining bir qismi issiqlik energiyasisiz qolgan.
Avariya, o`zining foydalanish muddatini o`tab bo`lgan issiqlik tarmog`ining uzatib beruvchi quvurida yorilish bo`lganligi sababli kelib chiqqan. Avariya, navbatchi brigadalar va isitish mavsumida shaharning issiqlik ta`minotini joyida uzluksiz ta`minlash uchun maxsus texnika yordamida soat 23:00 da bartaraf etilgan.
«TOSHISSIQQUVVATI» DUK xodimlari tomonidan shu kabi hodisalar sodir bo`lmasligi uchun barcha zaruriy choralar ko`rilayotgani bildirilgan. Keltirilgan noqulayliklar uchun ma`muriyat uzr so`ragan.






