AsosiyJamiyat

Cudyaning ongida – adolat, tilida – haqiqat, dilida – poklik hukmron bo`lishi kerak

'Cudyaning ongida – adolat, tilida – haqiqat, dilida – poklik hukmron bo`lishi kerak'ning rasmi

«O`zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma`ruza qildi.

Davlat rahbari keyingi ikki yilda sudlar mustaqilligini ta`minlash bo`yicha ham muhim choralar ko`rilgani haqida gapirdi.

Jumladan, joriy yilning o`zida 1 ming 881 ta jinoyat ishi dalillar etarli bo`lmaganligi sababli tugatilgan, sudlar tomonidan 590 nafar shaxs oqlangan. Bu raqam 2016 yilda – 28 tani, 2017 yilda esa 263 tani tashkil etgan.

Shuningdek, 5 ming 462 nafar shaxsga nisbatan tergovda asossiz qo`yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlangan, 2 ming 449 nafar shaxs esa sud zalidan ozod qilingan.

"Insonparvarlik tamoyili asosida mutlaqo yangi amaliyot joriy etilmoqda", - dedi Prezident.

Buning natijasida jinoyat yo`liga adashib kirib, qilmishiga chin dildan pushaymon bo`lgan 993 nafar fuqaro, jumladan, 456 nafar yigit-qiz hamda 113 nafar ayollar Yoshlar ittifoqi, mahallalar va xotin-qizlar qo`mitalarining kafilligi bilan jazodan ozod qilingan.

Infografika: «Taraqqiyot strategiyasi» markazi

Shuningdek, jazoni o`tayotgan 3 ming 333 nafar, jumladan, faoliyati man etilgan tashkilotlarga kirib qolgan 646 nafar mahkum afv etilib, oilasi bag`riga qaytarilgan.

"Sudyaning ongida – adolat, tilida – haqiqat, dilida – poklik hukmron bo`lishi kerak. Sudlar tomonidan qabul qilingan har bir qaror, eng avvalo, adolatli, qonuniy va asosli bo`lishi shart. Shundagina odamlarimizda har qanday holatda ham adolat qaror topishiga bo`lgan ishonch yanada mustahkamlanadi", - deb alohida ta`kidladi Shavkat Mirziyoyev.

    Boshqa yangiliklar