AsosiyJamiyat

Hokim o`rinbosarlariga "Chevrolet Niva" beriladi

'Hokim o`rinbosarlariga "Chevrolet Niva" beriladi'ning rasmi

Yurtimizda 8-10 dekabr kunlari qishloq xo`jaligi xodimlari kuni va Hosil bayramini nishonlash rejalashtirilgan.

Bu tadbirlar bugun Surxondaryo viloyatida boshlandi, deb xabar bermoqda O`zA.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm, Farg`ona, Toshkent viloyatlarida bayram tadbirlari va ommaviy sayllar 9 dekabr kuniga belgilangan. Namangan viloyati qishloq xo`jaligi xodimlari esa 10 dekabrda bayram qiladi.

"Bayramni ko`tarinki ruhda, uyushqoqlik bilan o`tkazish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1 tonnaga yaqin osh damlanib, elga tarqatiladi. Nukus shahridagi markaziy ippodromda o`tkaziladigan uloq va ot choptirish musobaqalari g`oliblariga 1 donadan “Kobalt“ va “Spark“, 5 dona motosikl va boshqa qimmatbaho sovg`alar ajratilgan", - deyilgan xabarda.

Samarqand viloyatida esa tuman hokimlarining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosarlariga “Niva Shevrolet“ rusumli xizmat avtomashinalari topshiriladi.

    Boshqa yangiliklar