Kubada hukumat tomonidan qabul qilingan yangi qonun aholining noroziligiga sabab bo`lmoqda, deya xabar berdi Segodnya nashri.
Mazkur qonunga ko`ra, nazorat inspektorlari madaniy tadbirlar, ko`rgazmalar,konsert va shu kabi barcha marosimlarni tashkil etilishidan oldin ular ustidan tekshiruv o`tkazadi. Agar bu tadbirlar mamlakatning milliy qadriyatlarini obro`sizlantirishga olib kelsa, ular darhol to`xtatiladi. Bu hattoki rasm ko`rgazmalariga ham tegishli. Agar suratlar belgilangan talablarga javob bermasa, rasmlar musodara qilinishi ham mumkin. Aholi esa buni tadbirlarga asossiz aralashish va erkinlikni cheklash, deb hisoblamoqda.






