AsosiyJamiyat

O`zbek adabiyoti Germaniyada

'O`zbek adabiyoti Germaniyada'ning rasmi

Xorijda yashayotgan o`zbekistonlik yoshlarni O`zbekiston tarixi, madaniyati, o`zbek tili va adabiyoti, buyuk ajdodlarimizni boy madaniy merosi va jahon sivilizasiyasiga qo`shgan hissalari haqida va ularni vatanparvarlik ruhida to`liq qo`llab-quvvatlash, rag`batlantirish va to`g`ri yo`lga yo`naltirish maqsadida O`zbekiston yoshlari umumjaxon assosiasiyasi O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va san`at vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi bilan birgalikda Germaniya Federativ Respublikasiga 200 ta kitob yuborildi.


Ushbu harakat orqali O`zbekiston Respublikasini har bir fuqarosi qaerda bo`lishidan qat`i nazar, davlat tomonidan e`tiborga loyiqligi yana bir bor o`z isbotini topdi. Bu e`tibor keng ko`lamli tadbir yoki esdalik sovg`a sifatida ko`rsatilishi shart emas. Muhimi, e`tibor katta ahamiyatga ega bo`lishi lozim. Yosh-u, qari uchun eng munosib sovg`a esa kitobdir. Avstriyalik yozuvchi Stefan Sveyg shunday degan: “Kitob – bu mangulikka yo`l olgan donolikning yodgorligidir. Bu alfa va omega kabi yuksak bilim va bu har bir ilmning boshlanishiga poydevordir. Kitob – odamning jonsiz ustozidir”

Kitoblarning har bir nashri o`zbek xalqining madaniy qadriyatlarini, ma`naviy merosini va ko`p asrlik tarixini tasvirlaydi.O`zbekiston mehri va muhabbati kitoblarning har bir sahifasida o`z aksini topgan.

    Boshqa yangiliklar