AsosiyJamiyat

9 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

' 9 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti'ning rasmi

Respublika gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, 9 dekabr kuni mamlakatimizning ayrim hududlarida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi 5-7, kunduzi 8-10 daraja bo`ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga etib, yomg`ir yog`adi.

Farg`ona vodiysida havo harorati kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja bo`lib, yomg`ir yog`adi.

Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg`ir yog`ib, havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja bo`ladi. Tuman tushadi.

Surxondaryo va Qashqardaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja bo`lib, yomg`ir yog`adi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi, havo harorati kechasi -3-2, kunduzi 3-8 daraja bo`ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar