Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida shu yilning 7 dekabr kuni ko`ngilsiz voqea yuz berdi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Bog`ishamol MFYda yashovchi H.E. uyida isitish pechidagi tabiiy gazni chala yonishi oqibatida o`zi va birga yashovchi turmush o`rtog`i G.I., o`g`li K.M., ukasi H.E. hamda kelini N.T. zaharlangan.
K.M. kasalxonaga yotqizilib, H.E., G.I., H.E. hamda N.T.ga tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






