AsosiyJamiyat

Poytaxtda Yangi yilning bosh archasi o`rnatiladigan joy o`zgardi

'Poytaxtda Yangi yilning bosh archasi o`rnatiladigan joy o`zgardi'ning rasmi

Yangi yilning asosiy archasi poytaxtimizning bosh maydoni – Mustaqillik maydonida o`rnatilishiga ko`nikib qolgan edik. Ammo so`nggi ikki yilda Bosh archa "Anhor-Lokomotiv" istirohat bog`iga o`rnatildi.

Bu yil esa yurtdoshlarimiz Yangi yil bayramining asosiy tantanalarini yangi manzil – Mustaqillik shoh ko`chasida, ya`ni Yoshlar ijodiyot saroyining orqa tomonidagi ochiq maydonda qarshi olishadigan bo`ldi.

Bu xabarni Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ham tasdiqladi, deb yozmoqda O`zA. Kecha ertalabdan Mustaqillik shoh ko`chasiga Yangi yil bayramining bosh archasini o`rnatish ishlari boshlab yuborildi.

Bundan tashqari Yangi yil archasi poytaxtimizning yana oltita nuqtasida paydo bo`ladi.

photo5217834890807060969.jpg

Toshkent shahar hokimligi ma`muriyati bayramgacha Toshkent yanada yorqin va chiroyli bo`lishiga ishontirmoqda.

Eslatib o`tamiz , joriy yil ham yurtdoshlarimiz Yangi yil bayrami munosabati bilan 30 dekabrdan to 3 yanvarga qadar dam olishadi.

Boshqa yangiliklar