1

O`zbekiston madaniy merosi – butun insoniyat xazinasi

Madaniyat 10.12.2018, 16:43
O`zbekiston madaniy merosi – butun insoniyat xazinasi

Avval xabar qilganimizdek, bugun poytaxtimizda san`at va madaniyat olamidagi yirik hodisa - "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida"loyihasining 2018 yil yakunlari hamda 2019 yil yo`l xaritasiga bag`ishlangan xalqaro media-forumi o`z ishini boshladi.

Media-forumda 350 nafar milliy va xorijiy olimlar, xalqaro tashkilotlar, vakillari, chet ellik va o`zimizning ekspertlar, muzeylar, kutubxonalar, ilmiy institutlar, mediatuzilmalar rahbarlari, ko`plab madaniy merosimiz ixlosmandlari ishtirok etmoqda.

Anjumanning ochilishi marosimi Temuriy tarixi davlat muzeyida o`tkazildi. Unda so`zga chiqqanlar o`zbek xalqining boy madaniy merosi uzoq tarixga ega ekanligi, bugungi kunda mazkur boy va betkror merosni asrab avaylash va keng targ`ib qilish uchun juda katta ishlar amalga oshirilayogani haqida to`xtalib o`tdilar.

Temuriylar tarixi Davlat muzeyida "O`zbekiston obidalaridagi durdona bitiklar" turkumidan chop etilgan kitob-albomlarning 13 jildi, "O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" turkumining 10 jildi, shuningdek sharq kitobat san`atining yuksak namunalari bo`lgan – "Katta Langar Qur`oni", Husayn Boyqaro devoni, "Me`rojnoma", "Zafarnoma", "Temur tuzuklari", "Ravzatus-safo" kitoblari faksimile nusxalari namoyishi bo`lib o`tdi.

Ayni paytda O`zEOAVMA media-xolli (sobiq "Zarafshon" zali)da forum o`z ishini davom ettirmoqda. Biz milliy va xorijiy mehmonlarining mazkur forum haqida, O`zbekiston madaniy merosi haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Edvard Rtveladze, O`zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi:

— Bir necha yildirki, bu yo`nalishda juda katta ishlar olib borilmoqda. Qancha kitoblar chiqaridi, filmlar suratga olindi. Bu hali juda katta ishning boshlanishi xolos. Hali O`zbekiston zaminiga tegishli bo`lgan osori atiqalar juda ko`p. Ularni izlab topish, o`rganish tadqiq etish har birimizdan katta g`ayrat-shijoatni talab etadi. Men bugun dunyoning turli nuqtalaridan yurtimizga tashrif buyurgan hamkasblarimizni chin dildan qutlayman va biz bilan yaqindan hamkorlik qilayotganlari uchun tashakkur bildiraman. Aytish mumkinki, bugun O`zbekiston madaniy merosini o`rganishda yangi davr, yangi kun boshlandi. Bir paytlar Oltin O`rta hududida hukmronlik qilgan To`xtamishxon chiqartirgan tangalarda turkiy tilda shunday so`zlar o`yib yozilgandi: "Yangi kun qutlug` bo`lsin!". Men ham barchangizni yangi davr, yangi kun bilan tabriklayman.

Bahrom Abduhalimov, O`zbekiston Fanlar akademiyasining vise-prezidenti:

— O`zbekiston azaldan buyuk allomalar yurti bo`lib kelgan. Bu zamindan Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdulloh Jayhoniy singari qomusiy olimlar, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Burhonuddin Marg`inoniy singari islom olamining etuk allomalari, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Rizo Ogahiy singari shoirlar etishib chiqqan. Ular yaratib qoldirgan boy madaniy meros dunyoning turli hududlariga tarqalib ketgan. Bugungi avlodning oldida turgan yirik va sharafli vazifalaridan biridir.

Sergey Laptev, Yaponiyaning Sigaraki shahridagi Mixo muzeyi ilmiy xodimi:

— Yaponiya va O`zbekistonni asrlar davomida Sharq va G`arbni bog`lab kelgan Buyuk Ipak yo`li ham birlashtirib turadi. Ayni paytda Yaponiyada O`zbekiston madaniy merosi bilan bog`liq juda ko`p osori atiqalar turli muzeylarda saqlanmoqda. Biz ana shu nodir namunalar haqida "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida" turkumidan chop etilgan navbatdagi kitob-albomda batafsil so`z yuritdik. Bu kitob Kunchiqar mamlakatning ettita yirik muzeylarini qamrab olgan. Mazkur madaniy muassasalarda asrlar davomida yapon imperatorlarning maxsus xazinalarida saqlab kelingan bebaho eksponatlar, sopol va chinni buyumlarni ko`rish mumkin. Bu xazinalar shu qadar ehtiyotkorlik bilan saqlanganki, ularning kaliti faqat imperator va uning yaqinlarida turgan. Biz bundan ming yillar muqaddam O`zbekiston hududida yaratilgan ana shu durdonalarning suratlari va qimmatli ma`lumotlarni o`quvchilarimiz hukmiga havola etdik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1