AsosiyJamiyat

Nukusdagi musobaqada 1-sinf o`quvchisi Cobalt yutib oldi

'Nukusdagi musobaqada 1-sinf o`quvchisi Cobalt yutib oldi'ning rasmi

Nukus shahrining Otchopar maydonida Hosil bayrami munosabati bilan qator tadbir va musobaqalar tashkil etildi, deb yozadi O`zA.

Polvonlar bahsi tomoshabinlarga zavq ulashdi. Bosh sovrin uchun gilamga kurash bo`yicha bir necha bor Qoraqalpog`iston chempioni, jangovar sambo bo`yicha O`zbekiston chempioni shumanaylik Miyirbek Abdixaliqov va kurash, dzyudo bo`yicha yoshlar o`rtasida O`zbekiston chempioni, Xo`jayli tumanidan Zarapatdin Turdimuratovlar chiqdi. Bir-biriga munosib polvonlar bellashuvida Zarapatdin Turdimuratov g`olib chiqib, bosh sovrin Prezidentning sovg`asi Spark avtomashinasi bilan taqdirlandi.

Otchopar maydoni bo`ylab otda bir, besh, etti, o`n aylanish musobaqasini ko`pchilik qiziqish bilan kuzatdi. O`n aylanish bo`yicha marraga birinchi bo`lib Qorao`zak tumanidagi 3-umumta`lim maktabining 1-sinf o`quvchisi Aysuluv Shalabaeva etib keldi. G`olibaga bosh sovrin – Cobalt avtomashinasining kaliti tantanali topshirildi.

    Boshqa yangiliklar