9 dekabr kuni O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Fransiya davlatiga tashriflari doirasida Parij shahridagi O`zbekiston elchixonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Muftiy hazratlariga O`zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboev tomonidan olib borilayotgan keng ko`lamli faoliyat to`g`risida ma`lumotlar taqdim etdi.
Bugungi kunda O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi munosabatlar yanada keng ko`lam kasb etmoqda. Hamkorlik aloqalarining rivojlanganini Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yilda ushbu mamlakatga rasmiy tashrifi, ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajaga ko`tarilganidan dalolat beradi. Ushbu uchrashuvlar natijasi o`laroq, ko`plab hamkorliklar yuzasidan shartnomalar va kelishuvlar imzolangan edi.

O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, Fransiya safari davom etmoqda.






