2018 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi Stokgolmdagi Konsert zalida o`z yakuniga etdi, deya ma`lum qildi RIA Novosti nashri.
U erda tibbiyot yoki fiziologiya, fizika, kimyo va iqtisod yo`nalishlari bo`yicha mukofotlar o`z sohiblariga topshirildi.
Shvesiya qiroli Karla XVI Gustav qo`lidan diplom va medallarni fiziologiya yoki tibbiyot yo`nalishi sovrindori Jeyms Allison (AQSh) va Tasuku Xondzyo (Yaponiya), fizika bo`yicha Artur Eshkin (AQSh), Jerar Muru (AQSh/Fransiya) va Donna Strikland (Kanada) qabul qilib oldilar.
Kimyo yo`nalishida Frensis Arnold (AQSh), Jorj Smit (AQSh) va Gregori Vinteru (Buyuk Britaniya) mukofotlandi. Iqtisod bo`yicha Nobkl mukofoti esa amerikalik professor Vilyam Nordxaus va Pol Romerga topshirildi.
Har bir yo`nalishdagi Nobel mukofotining summasi 9 million Shvesiya kronasi (1 million dollar)ga teng bo`ldi.